Foto va Video

Loong Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshiradi

08.02.2023 425

Xitoyning Loong Air (Zhejiang Loong Airlines Co. Ltd) aviatashuvchisi Siyan – Toshkent – Siyan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Birinchi yo‘lovchi reysi 2023-yil 10-fevralda amalga oshiriladi. Xitoy provinsiyasi va Toshkentga muntazam reyslar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga bir marta – juma kunlari amalga oshiriladi.


Zhejiang Loong Airlines Co. Ltd – 2011-yilda tashkil etilgan Xitoy aviakompaniyasi bo‘lib, bosh qarorgohi Chjeszyan provinsiyasining Xanchjou shahrida joylashgan. 2019-yilga kelib, Xitoy aviakompaniyasining flotida 14 ta xalqaro va hududiy yo‘nalishlarda yo‘lovchi va yuk tashishni amalga oshiradigan 44 ta “B737” rusumli yo‘lovchi va 3 ta yuk samolyoti mavjud edi.


2019-yil 16-dekabr kuni “Zhejiang Loong Airlines Co., Ltd” O‘zbekiston bo‘ylab, xususan, Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun rasman ruxsat oldi. 2020-yil 27-sentyabrda aviakompaniya ushbu yo‘nalish bo‘yicha birinchi charter reysini amalga oshirdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing